“Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda maʼqullangan
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3–4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 135-modda, № 5, 201-modda, № 8, 383-modda; 2018-yil, № 10, 674-modda; 2019-yil, № 3, 162-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 96-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunga» degan soʻzlar “qonunga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 117-moddaning:
toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi»;
beshinchi – oʻninchi qismlari tegishincha oltinchi – oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;
sakkizinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi hamda referendum toʻgʻrisidagi qonunlariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida»gi 417–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan 265–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 176-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning uchinchi qismi “shuningdek” degan soʻzdan keyin “ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 8-moddaning:
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan namunadagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
3) 9-modda birinchi qismi uchinchi xatboshisining va ikkinchi qismi beshinchi xatboshisining ruscha matnidagi “ящикoв” degan soʻz “урн” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 10-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Referendum oʻtkaziladigan kunda va referendumni oʻtkazishga bir kun qolganda tashviqot yuritishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
5) 12-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Imzo varaqasida referendumga qoʻyilayotgan masalaning taʼrifi boʻlishi kerak”;
6) 16-modda:
birinchi qismining ikkinchi jumlasi “fuqarolar turgan joylarda” degan soʻzlardan keyin “qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “vakolatxonalari huzurida” degan soʻzlar “diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy qismlarda, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham referendum uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida referendum oʻtkazishga kamida besh kun qolganda tuziladi”;
7) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi:
Oʻzbekiston Respublikasida referendum oʻtkazish uchun tashkil etiladigan referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tizimiga boshchilik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xilda qoʻllanilishini taʼminlaydi;
referendum oʻtkazuvchi komissiyalar faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi, referendumni tashkil etish masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yoʻriqnomalar chiqaradi, nizomlarni tasdiqlaydi va tushuntirishlar beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyxatidan foydalanishga doir faoliyatga umumiy rahbarlikni va bu faoliyatni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
referendumni oʻtkazuvchi okruglarni tuzadi;
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarini tegishli okruglarga biriktirish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi;
referendumni oʻtkazuvchi okrug komissiyalarini tuzadi, shuningdek ularning joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
referendumni oʻtkazuvchi komissiyalar tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;
agar referendumni oʻtkazuvchi okrug komissiyalarining qarorlari ushbu Qonunga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning referendumdagi kuzatuvchilariga mandatlar beradi;
referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablagʻlarini referendumni oʻtkazuvchi komissiyalarga taqsimlaydi, referendumni oʻtkazuvchi komissiyalarning binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, referendumni moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun mandat namunasini belgilaydi;
referendumda ovoz berish byulletenlarining, referendumda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar roʻyxatlarining, imzo varaqalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning namunalari hamda shakllarini, ovoz berish qutilarining va referendum oʻtkazuvchi komissiyalar muhrlarining namunalarini, ularni saqlash tartibini belgilaydi;
referendum oʻtkazuvchi komissiyalar, siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan maʼlumotlarini eshitadi;
referendumning natijalarini aniqlaydi va referendum yakunlarini eʼlon qiladi;
referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlari va harakatlari ustidan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
ushbu Qonunning talablari buzilganligi toʻgʻrisidagi materiallarni sudga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
xorijiy mamlakatlardagi referendumlarni kuzatishda ishtirok etadi, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning missiyalari tarkibida ishtirok etadi;
xalqaro tashkilotlarni, chet davlatlarning saylov organlarini va vakillarini referendumni kuzatish uchun taklif etadi;
referendumni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarning idoraviy arxivlarga topshirilishini taʼminlaydi;
jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi»;
8) 21-moddaning toʻrtinchi qismidagi “vakolatxonalari huzurida” degan soʻzlar “diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 22-modda:
3-bandi chiqarib tashlansin;
5-bandining ruscha matnidagi “ящикoв” degan soʻz “урн” degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 23-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yigirma bir yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylovga hamda referendumlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolar referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining aʼzolari boʻlishi mumkin”;
birinchi – oltinchi qismlari tegishincha ikkinchi – yettinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismining ruscha matnidagi “Советов” degan soʻz “Кенгашей” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 26-moddaning:
toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan almashtirilsin:
“Ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyxati asosida tuziladi”;
oltinchi – sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi – yettinchi qismlar deb hisoblansin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalari boʻyicha fuqarolarning roʻyxatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tuziladi”;
12) 27-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyxatlari ovoz berish kuniga oʻn kun qolganda, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalarda esa ovoz berish kuniga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi. Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi roʻyxat bilan tanishish joyi va vaqti toʻgʻrisida fuqarolarni xabardor etadi.
Fuqarolarga referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi binosida va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyxati bilan tanishish imkoniyati taʼminlanadi»;
13) 29-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ovoz berish byulletenlari Brayl alifbosi asosida tayyorlanishi mumkin”;
14) 31-modda birinchi qismining ruscha matnidagi “ящики” degan soʻz “урны” degan soʻz bilan almashtirilsin;
15) 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ovoz berish referendum kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻgʻrisida uchastka komissiyasi referendum oʻtkaziladigan kunga kamida oʻn kun qolganda fuqarolarni xabardor qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalarida, agar roʻyxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, uchastka komissiyasi ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda eʼlon qilishi mumkin»;
16) 33-moddaning ruscha matnidagi “ящик” degan soʻz “урну” degan soʻz bilan almashtirilsin;
17) 35-modda:
uchinchi qismining ruscha matnidagi “ящик”, “Ящики” degan soʻzlar tegishincha “урну” va “Урны” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
oltinchi – sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi – yettinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ayrim fuqarolar sogʻligʻining holatiga yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmagan taqdirda, ularning iltimosiga koʻra referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy boʻyicha, koʻchma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi”;
oltinchi qismining ruscha matnidagi “переносной ящик” degan soʻzlar “perenosnaya urna” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) quyidagi mazmundagi 351-modda bilan toʻldirilsin:
«351-modda. Muddatidan oldin ovoz berish
Referendum kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish referendumga oʻn kun qolganida boshlanadi va referendumga uch kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti tegishli okrug komissiyasi tomonidan belgilanadi va fuqarolarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
Ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun referendum kunida boʻla olmasligining sabablari (taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida tegishli uchastka komissiyasidan referendumda ovoz berish byulletenini oladi.
Ovoz beruvchi referendumda ovoz berish byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga imzo qoʻyadi.
Referendumda ovoz berish byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida ovoz beruvchi tomonidan toʻldiriladi.
Ovoz beruvchi qaror qabul qiladi va toʻldirilgan referendumda ovoz berish byulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar aʼzosining imzolari qoʻyilib, ular komissiyaning muhri va ovoz beruvchining imzosi bilan tasdiqlanadi»;
19) 36-modda birinchi, ikkinchi va oltinchi qismlarining ruscha matnidagi “ящиков”, “яшики”, “яшиках” degan soʻzlar tegishincha “урн”, “урны”, “урнах” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 37-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining bayonnomalarida aks ettirilgan ovozlarni sanab chiqish chogʻida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi oʻz majlisida uchastka komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif qilishga haqli”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
uchinchi qismidagi “bayonda aks ettiriladi” degan soʻzlar “bayonnomaga kiritiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 39-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendum oʻtkazilgandan keyin koʻpi bilan oʻn kun ichida referendumda qabul qilingan qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda eʼlon qiladi”;
22) 42-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi 616–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 328-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda) 4-moddasi birinchi qismining 11-bandi quyidagi mazmundagi 11 va 12-bandlar bilan almashtirilsin:
«11) umumdavlat namunasidagi hujjatlarda;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari yoki referendum kunlari – ovoz berish oʻtkaziladigan binolarda aks ettiriladi».
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi 768–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 52-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) 3-moddasining 10-bandi quyidagi mazmundagi 10 va 11-bandlar bilan almashtirilsin:
«10) sport maydonlarida – Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining Oʻzbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari boʻlgan gʻoliblarini mukofotlash marosimlarini oʻtkazish vaqtida;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari yoki referendum kunlari – ovoz berish oʻtkaziladigan binolarda soat 8.00 da ijro etiladi».
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ–350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda, № 12, 781-modda) 11-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi oʻn birinchi – oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
«xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining aʼzolari nomzodlari boʻyicha tavsiyalar taqdim etadi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilish uchun uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar taqdim etadi;
referendum oʻtkazuvchi tegishli okrug komissiyalariga referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar taqdim etadi;
saylov komissiyalariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar yuboradi»;
oʻn uchinchi – yigirma oltinchi xatboshilar tegishincha oʻn beshinchi – yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 131-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qismdagi “va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismdagi “shuningdek Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi 472–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktyabrda qabul qilingan OʻRQ–502-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 678-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda) 20-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senati aʼzoligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputatligiga saylangan (tayinlangan)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi 392–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan 669–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 8, 385-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda) 7-moddasining toʻrtinchi qismidagi “va deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega”;
uchinchi qism toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi 166–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 14-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 16-moddadagi “va deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 23-moddadagi “va deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida»gi 350–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4–5, 60-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 12/1, 344-modda; 2012-yil, № 4, 104-modda) 5-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Qonunchilik palatasi hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat.
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati boʻlishi mumkin.
Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati – besh yil».
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi 432–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 3, 162-modda, № 5, 261-modda) 4-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senatni shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bilan belgilanadi”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi 434–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 3, 162-modda, № 5, 261-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Qonunchilik palatasi (quyi palata) hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat.
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat koʻrsatishiga asoslanadi»;
2) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bilan belgilanadi”;
3) 12-moddaning ikkinchi qismidagi “yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 13-moddaning ikkinchi qismidagi “va deputatlar guruhi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 16-moddaning uchinchi qismidagi “va deputatlar guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6) 18-modda birinchi qismining 5-bandidagi “va deputatlar guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) IV boʻlim nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IV. Fraksiyalar”;
8) 23 va 24-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«23-modda. Fraksiyalar toʻgʻrisida
Fraksiya siyosiy partiyadan koʻrsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan deputatlar birlashmasidir.
Qonunchilik palatasi deputatining fraksiyaga kirishi toʻgʻrisidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraksiyaning aʼzosi boʻlishi mumkin.
Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Fraksiyalarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
24-modda. Fraksiyalarni tuzish tartibi
Qonunchilik palatasining kamida toʻqqiz nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega.
Fraksiyalar roʻyxatdan oʻtishi kerak. Qonunchilik palatasining majlisida fraksiya rahbari yoki boshqa vakili tegishincha fraksiya tuzilgani haqida palataga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Qonunchilik palatasi fraksiya tuzilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi»;
9) 25-moddaning:
nomidagi «va deputatlar guruhining» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshisidagi “va deputatlar guruhi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2, 5, 9-bandlaridagi “deputatlar guruhi”, “deputatlar guruhining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10) 251-moddaning:
ikkinchi qismidagi “va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “shuningdek Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11) 26-moddaning:
nomidagi «va deputatlar guruhining» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Fraksiya faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:
1) fraksiyaning oʻz tashabbusi bilan;
2) Qonunchilik palatasining vakolat muddati tugaganda;
3) fraksiyaga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur boʻlgan miqdor chegarasidan kamayib ketganda»;
12) 28-moddaning ikkinchi qismidagi “va deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
13) 35-moddadagi “deputatlar birlashmalari” degan soʻzlar “fraksiyalari” degan soʻz bilan almashtirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9–10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 162-modda, № 5, 261, 265-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “va deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 4-moddaning:
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarining soni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiyalarning sonidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi. Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya oʻz vakili Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa egadir”;
yettinchi va sakkizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarini saylash uchun fraksiya, qoida tariqasida, oʻz fraksiyasining rahbari nomzodini kiritadi.
Fraksiyadan taqdim etilgan nomzod Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, fraksiya oʻz fraksiyasi aʼzolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega»;
3) 5-moddaning uchinchi qismidagi “yoki deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “va deputatlar guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 7-moddaning beshinchi qismidagi “deputatlar birlashmalarining” degan soʻzlar “fraksiyalarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 9-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«9-modda. Fraksiyalar
Fraksiya siyosiy partiyadan koʻrsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan deputatlar birlashmasidir.
Qonunchilik palatasining kamida toʻqqiz nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega.
Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraksiyaning aʼzosi boʻlishi mumkin.
Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi va fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas.
Fraksiya tuzish uchun:
fraksiya taʼsis yigʻilishini oʻtkazish;
fraksiyani tuzish toʻgʻrisida taʼsis bayonnomasini qabul qilish;
fraksiya rahbarini saylash zarur boʻladi.
Fraksiya rahbari fraksiyani tuzish toʻgʻrisidagi taʼsis bayonnomasini Qonunchilik palatasiga taqdim etadi va fraksiya tuzilgani haqida Qonunchilik palatasiga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Fraksiyalar hisobga olish roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Fraksiyalar faoliyatining tashkiliy shakli ularning majlislaridir.
Fraksiyalar ishini muvofiqlashtirib borish, Qonunchilik palatasi majlisiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqishni tashkil etish, fraksiyalar nuqtayi nazarini kelishib olish maqsadida fraksiyalar rahbarlarining qoʻshma majlislari oʻtkazilishi mumkin.
Fraksiyalar oʻzlari qabul qilgan qarorlar, shuningdek fraksiyalar rahbarlarining qoʻshma majlislarida qabul qilingan qarorlar haqida Qonunchilik palatasi Spikeriga va uning Kengashiga axborot beradilar.
Fraksiya faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:
fraksiyaning oʻz tashabbusiga binoan;
Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugaganda;
fraksiya tarkibiga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur boʻlgan meʼyordan kamayib ketganda;
tegishli siyosiy partiya faoliyati tugaganda (tugatilganda).
Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugashidan oldin fraksiyalar faoliyatining tugatilishi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi»;
7) 91-moddaning:
ikkinchi qismidagi “va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “shuningdek Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 11-moddaning birinchi qismidagi “(deputatlar guruhlarining)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 13-moddaning birinchi – toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Qonunchilik palatasi Spikeri masʼul qoʻmitani belgilaydi, qonun loyihasi hamda unga ilova qilingan materiallarni masʼul qoʻmitaga va, bir vaqtning oʻzida, fraksiyalarga topshiradi, shuningdek fraksiyalar tomonidan fikrlar va takliflarni hamda masʼul qoʻmita tomonidan xulosani taqdim etish muddatini belgilaydi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish uchun qonun loyihasi ustida ishlash fraksiyalar va masʼul qoʻmita tomonidan bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Bunda fraksiyalarning qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflarisiz masʼul qoʻmita ushbu qonun loyihasi yuzasidan oʻz xulosasini chiqarish huquqiga ega emas.
Masʼul qoʻmita qonun loyihasi boʻyicha barcha fraksiyalardan fikrlar va takliflarni toʻplab, Qonunchilik palatasi Kengashiga qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Kengashi masʼul qoʻmitaning xulosasi asosida, fraksiyalarning fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish toʻgʻrisida yoki qonun loyihasi ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi»;
10) 14-moddaning:
ikkinchi qismidagi “(deputatlar guruhlari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “(deputatlar guruhlari)”, “(deputatlar guruhlarining)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11) 15-moddaning:
ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “(deputatlar guruhlarining)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
sakkizinchi qismidagi “(deputatlar guruhlariga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fraksiyalar oʻz dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqib, qonun loyihalarining joylarda fuqarolar ishtirokidagi muhokamasini hamda ular boʻyicha kelib tushgan takliflarni oʻrganishni siyosiy partiyalar tegishli tashkilotlarining xodimlarini jalb etgan holda tashkil etadi. Fraksiyalar oʻrganishlar yakunlariga koʻra kelib tushgan fikrlar va takliflarni oʻz majlislarida muhokama qiladi, oʻz dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqqan holda takliflar ishlab chiqadi, ular masʼul qoʻmitaga yuboriladi”;
12) 16-moddaning ikkinchi qismidagi “fraksiyalar va deputatlar guruhlaridan” degan soʻzlar “fraksiyalardan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
13) 19-moddaning:
uchinchi qismidagi “(deputatlar guruhlariga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi “(deputatlar guruhlari)”, “(deputatlar guruhlarining)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14) 20-moddaning:
ikkinchi qismidagi “(deputatlar guruhlariga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “(deputatlar guruhlari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlaridagi “(deputatlar guruhlari)”, “(deputatlar guruhlarining)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
15) 22-moddaning oltinchi qismidagi “(deputatlar guruhlari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
16) 261-moddaning ikkinchi qismidagi “deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
17) 31-moddaning ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi “(deputatlar guruhlarining)”, “(deputatlar guruhlari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
18) 32-moddaning ikkinchi qismidagi “(deputatlar guruhlari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
19) 321-moddaning birinchi qismidagi “yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
20) 322-moddaning ikkinchi qismidagi “deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
21) 33-moddaning uchinchi qismidagi “(deputatlar guruhlari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
22) 331-moddaning ikkinchi qismidagi “va deputatlar guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
23) 333-moddaning:
ikkinchi qismidagi “va deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “va deputatlar guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
24) 334-moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlaridagi “va deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
25) 337-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi 704–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga» degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 2-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga» degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 9-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
4) 10-moddaning birinchi qismidagi “yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi 706–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 10-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddadagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga» degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«7-modda.Deputatning saylovchilar bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan olib boradigan ishlari»;
birinchi qismidagi “uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi” degan soʻzlar “uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan organ (siyosiy partiya)” degan soʻzlar “uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini chaqirib olish toʻgʻrisida”gi 708–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 12-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda, 2018-yil, № 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“deputatning uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi”;
2) 2-moddaning ikkinchi qismidagi “uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan organning (siyosiy partiyaning)” degan soʻzlar “uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 4-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berishni Markaziy saylov komissiyasi deputatni saylash uchun belgilangan tartibda tashkil etadi”;
4) 6-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ovoz berish uchastkalarini va komissiyalarni tuzish, komissiyalarning vakolatlari, saylovchilarning roʻyxatlarini tuzish, ovoz berishni oʻtkazish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
5) 71-modda chiqarib tashlansin.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–88-sonli Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 161-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 2-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
uchinchi qismdagi “va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismdagi “shuningdek Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 7, 431, 433-moddalar; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda) 169-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi “deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ–403-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 162-modda, № 5, 261, 265-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (bundan buyon matnda fraksiyalar deb yuritiladi)”;
2) 6-moddaning:
ikkinchi qismidagi “deputatlar guruhlarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi “deputatlar guruhlaridan”, “deputatlar guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 7-moddaning ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi “deputatlar guruhlarining”, “deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 8-moddaning ikkinchi qismidagi “deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 81-moddaning ikkinchi qismidagi “deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6) 9-moddaning uchinchi qismidagi “deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 10-moddaning ikkinchi qismidagi “deputatlar guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 11-moddaning ikkinchi qismidagi “deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “deputatlar guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10) 15-moddaning birinchi qismidagi “yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–407-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) 33-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senati aʼzoligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputatligiga saylangan (tayinlangan)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 1-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–546-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 384-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning yettinchi xatboshisidagi “Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari” degan soʻzlar “Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 15-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari” degan soʻzlar “Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisida”gi 66–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 114-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 729–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda) XI boʻlimi;
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 82–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 153-modda) XIX boʻlimi.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
26-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur Qonunning 6, 8, 10-moddalari, 13-moddasining 3–13-bandlari, 14-moddasi, 15-moddasining 3 va 4-bandlari, 17-moddasining 5-bandi, 18, 19, 20, 22-moddalari 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2019-yil 4-sentabr
№ OʻRQ—563