2025-yilning 10-12-iyun kunlari Toshkent shahrida IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.

Markaziy tadbirlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining yalpi majlisi (11 iyun) bo‘lib, unda dunyoning yirik kompaniyalari va xalqaro moliya institutlari rahbarlari ishtirok etadi.
Bo'lajak forumning asosiy mavzulari:
· Kichik va o'rta biznes iqtisodiy o'sishning asosi sifatida;
· Sanoat taraqqiyoti: avtomobilsozlik, elektrotexnika, mashinasozlik;
· Suv resurslarini boshqarish: muammolar va innovatsion yechimlar;
· investorlarni huquqiy himoya qilish va huquq tizimini modernizatsiya qilish;
· Fintech va elektron tijoratni rivojlantirish;
· Yashil energiya va barqaror rivojlanish;
· Xususiylashtirish va investitsion islohotlar;
·Shaharsozlik va infratuzilmani modernizatsiya qilish;
· To‘qimachilik va kimyo sanoatida asosiy ishlab chiqarish zanjirlarini rivojlantirish;
· Raqamlashtirish va sun'iy intellekt biznes uchun yangi usish nuqtasi sifatida.
Tadbirda 3000 dan ortiq ishtirokchilarning (vazirlar, xalqaro moliya institutlari vakillari, siyosatchilar, iqtisodchilar, dunyodagi eng yirik korporatsiyalar va investitsiya fondlarining top-menejerlari, shuningdek, barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va raqamli transformatsiyalar sohasidagi ekspertlar) qatnashishi kutilmoqda.
Aloqa uchun: Ikkinchi kotib Boltaboev Umidjon Axmadalievich (e-mail: sp.uzconsulate@mfa.uz)