O‘zbekiston delegatsiyasining Berlin shahridagi xalqaro konferensiyada ishtiroki to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2020-yil 27-30-yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘ladi va Berlin shahrida “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi taqdimoti bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyaga safar doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.