Xorijda ishlayotganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Departament qayta tashkil etildi
“O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni (PF–5903-son, 10.01.2020-y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti etib qayta tashkil etildi.
Departamentga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.
Jumladan, Departament milliy iqtisodiyotning muhim vazifalarini hal etish hamda uni barqaror rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi.
Farmonga muvofiq, bir qator vazirlik va idoralar markaziy apparati tuzilmasida xodimlar umumiy cheklangan soni doirasida O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi masalalari bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy bo‘linmalar tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
“Huquqiy axborot” rasmiy telegram-kanali