Samimiy qutlovlar
Yangi – 2020 yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan Prezidentimizga yangi muvaffaqiyatlar va baxt-saodat, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq izhor etilgan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish
Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda
Vengriya Prezidenti Yanosh Ader
Sloveniya Respublikasi Prezidenti Borut Paxor
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
Iordaniya Qiroli Abdulla II
Daniya Qirolichasi Margrete II
Xitoy Xalq Respublikasi Raisining o‘rinbosari Van Sishan
Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban
Kanada General-gubernatori Jyuli Peyett
Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddi
Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati Ijrochi raisi Abdulla Abdulla
Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko
Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Li Chjanshu
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) Bosh kotibi Yens Stoltenberg
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bag‘dat Amreyev.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
O‘zA