Rossiyaning Shimoliy-G'arbiy federal okrugida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining parlament saylovida muddatidan oldin ovoz berishi davom etmoqda
2019-yil 12-dekabr kuni ertalab soat 9.00 dan boshlab (Toshkent vaqti bilan soat 5:00) Rossiyaning Shimoliy-G'arbiy federal okrugida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarida muddatidan oldin ovoz berish davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi O'zbekiston Bosh konsulxonasi huzurida 41-saylov uchastkasi tuzilib, u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 143-Sanoat saylov okrugiga biriktirilgan.
Saylov uchastkasining manzili: Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi 4A-uy. Telefon raqami: +7 (812) 601-06-28.