O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi
2019-yilning 10-oktabr kuni Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida uch mamlakat Davlat chegaralarining tutash nuqtasi hududi to‘g‘risidagi shartnomani (2017-yil 10-noyabrda Samarqand shahrida imzolangan) ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi yorliqlarni almashish to‘g‘risidagi Bayonnomani imzolash marosimida ishtirok etdi.
Hujjatni, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ham imzoladilar.
Imzolangan Bayonnomaga ko‘ra Bitim 2019-yil 10-oktabrda kuchga kiradi.