BMTning Maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashuv
2019-yilning 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha Maxsus ma’ruzachisi Diego Garsiya-Sayan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning BMT va uning tuzilmalari bilan hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tegishli vazirlik va idoralarining BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi bilan konstruktiv muloqotni rivojlantirishdan tomonlarning manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Hozirda O‘zbekistonda demokratiya mezonlariga javob beradigan mustahkam siyosiy tizim yaratilgani, jamiyatda qonunlarning ustuvorligi tamoyiliga va inson huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish qaror topayotgani qayd etildi. Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatlar so‘siz bajarilmoqda. Jumladan tergov olib borish ustidan sud nazoratini kuchaytirishga yo‘naltirilgan “Xabeas korpus” jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda
O‘zbekiston nomzodini 2021-2023-yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga ko‘rsatish nuqtayi nazaridan tomonlarning muloqotni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi.