AQSH O‘zbekistonga radiatsiyani aniqlovchi uskuna taqdim etdi
AQSH O‘zbekistonga Afg‘oniston bilan chegarada radioaktiv materiallar kontrabandasini aniqlash uchun uskuna taqdim etdi.
AQSH davlat energetika departamentining Milliy yadro xavfsizligi ma’muriyati O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasiga Afg‘oniston bilan chegaradagi «Hayraton» ko‘prigida radiatsiyani aniqlash uchun uskuna taqdim etdi. Bu haqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.
Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan uskunani topshirish marosimida AQSH elchisi Deniyel Rozenblyum va Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatulla Ergashev ishtirok etdi.
Radiatsiyani aniqlovchi ushbu uskuna O‘zbekistonga muhim xalqaro chegara punktida radioaktiv material kontrabandasiga qarshi kurashda yordam beradi, deyiladi xabarda. U avtomobil va yo‘lovchilar, mobil deteksion tizimlar va qo‘l/portativ detektorlarni skanerdan o‘tkazuvchi radiatsion portal monitorlarni o‘z ichiga oladi.
Elchixonaning qayd etishicha, uskuna ko‘p yillik, ko‘p million dollarlik loyihaning birinchi fazasi bo‘lib, uning doirasida AQSH davlat energetika departamentining Milliy yadro xavfsizligi ma’muriyatiga qarashli Yadro kontrabandasini aniqlash va ushlab qolish idorasi boshqa strategik chegara o‘tish punktlarini ham radiatsion portal monitorlari bilan jihozlaydi.
Gazeta.uz