Eron Elchisi bilan uchrashuv
2019-yilning 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniyni qabul qildi.
Vazir Elchini qutlar ekan, uni O‘zbekistondagi to‘rt yillik missiyasi muvaffaqiyatli yakunlayotganligi bilan tabrikladi hamda uning faoliyati samarali bo‘lgani va O‘zbekiston-Eron munosabatlarini mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qilganini qayd etdi. Savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 213,8 million AQSh dollarini tashkil etib, 2018-yilning shu davriga nisbatan qariyb 40 foizga oshdi.
O‘z navbatida Elchi O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.